Bundan tashqari, joriy yilda 70 ta ogʻir mahallaga tadbirkorlik infratuzilmasi uchun byudjetdan 233 milliard soʻm ajratildi. Bunga qoʻshimcha yana 10 ta mahallani tanlab olib, 15 milliard soʻm yoʻnaltirish topshirildi.
Xorazm gujumini koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Mahalla, koʻcha, dala cheti, yoʻl boʻylarida, kanal va kollektorlar atrofida 10 million tup gujum ekish boʻyicha uch yillik dastur qilinadi. Bu yerlarda tut va jiyda ham koʻpaytiriladi.