Xorazmda bankomatdan pul oʻgʻirlagan erkak qoʻlga olindi

    Joriy yilning 12-aprel kuni soat 03:38da Urganch shahar qoʻriqlash boʻlimi Monitoring markaziga, shaharning Xonqa koʻchasida joylashgan “Hamkorbank”ga tegishli boʻlgan bankomatdan tashvish xabari kelib tushgan.

    Olingan xabarga koʻra va koʻrsatilgan manzilga yetib borgan Qoʻriqlash boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan, bankomat muhri buzilganligi hamda seyf eshiklari ochiq holatda ekanligi aniqlanib, yashirinishga uringan nomaʼlum shaxs voqea joyidan uzoq boʻlmagan hududda qoʻlga olingan va Urganch shahar 2-sonli IIBga topshirilgan.

    Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki oʻrganishlar davomida ushbu nomaʼlum shaxs 34 yoshli Yangibozor tumanda yashovchi fuqaro M.B. ekanligi aniqlangan va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.