Tuman yangi tashkil topgandan keyin qayta xatlovga olish jarayonida ushbu fuqarolarning hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqligi aniqlandi. Fuqarolarning otasi koʻp bora harakatlari natijasida faqatgina oʻzi 2019-yil shaxsini tasdiqlovchi  guvohnomani olishga muvofiq boʻlgan. Onasi vafot etgandan keyin hujjati yoʻqligi tufayli oʻlimi ham qayd etilmagan.

Surishtirish ishlari olib borilganda, oldingi mutasaddilarga bir necha bor murojaat qilgan. Maʼlumot oʻrnida fuqarolar turkman millatiga mansub boʻlgan. Ushbu masala boʻyicha bir nechta tashkilotlarga murojaat qilishgan, ammo masʼullar ishni paysalga solib fuqarolarni sarson qilgan. Buning oqibatida fuqarolar hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan.

Tuproqqalʼa tuman Adliya boʻlimining FHDYO boʻlimiga murojaat qilingach masala qisqa fursatda ijobiy hal boʻldi. FHDYO boʻlimi mudirasi vaqtincha vazifa bajaruvchisi Charos Xasanova boshchiligida Nodira, Natasha, Umidalarga tugʻilganligi muddatini oʻtkazib qayd qilinib, guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Fuqarolar endi ushbu guvohnoma asosida shaxsni tasdiqlovchi pasport olishni ham maqsad qildilar.

Tuproqqalʼa tuman FHDYO boʻlimi tomonidan 31, 36, 39-yoshli Nodira, Natasha, Umida Masharipovalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Maʼlumot uchun: Oila kodeksiga asosan, tugʻilishni qayd etish majburiy boʻlib, fuqarolar bola dunyoga kelganidan boshlab 1 oy ichida FHDYO organlariga murojaat etishlari lozim. Belgilangan muddatning oʻtib ketganligi tugʻilganlikning qayd etilishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Qayd etilgan harakatlar boʻyicha tegishli guvohnomalarni fuqarolarga taqdim etish uchun qonunchilikka binoan, FHDYO organi masʼul hisoblanadi.

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tuman FHDYO boʻlimi matbuot xizmati.