Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari olgan tezkor maʼlumotga asosan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda tabiat resurslari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Urganch tumani buyum bozoridagi yuk mashinalar avtoturargohida fuqaro J.M boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada bir guruh fuqarolarga tegishli jami 7 ta polietilen qopda 47 dona bugʻu va 3 dona jayron shoxi borligi aniqlandi. Hozir mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz: bugʻu va jayronlar noyob jonivorlar sifatida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil kitob”iga kiritilgan.