Uni oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyib, 2022-yil 6-dekabr kunidan 2023-yil fevral oyigacha 58 mln. soʻm pullarini olib kelgan.
Shunga qaramasdan, joriy yilning 6-8-iyun kunlari unga qoʻngʻiroq qilishib, 10 ming dollar topib olib kelishini, aks holda uni tinch qoʻymasligini, mashinalarini tortib olib qoʻyish bilan qoʻrqitgan.
Soʻng 9-iyun kuni 38 yoshli jabrlanuvchi Gurlan tumani IIB boshligʻining nomiga ariza bilan murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Tezkor tadbir davomida shaxslar arizachi bilan oldindan kelishilgan 10 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.