Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, unga Urganch davlat universiteti tomonidan berilgan akademik taʼtilini toʻgʻrilab, diplom olib berishi evaziga 900 AQSH dollari va 1,3 mln soʻmni tanishi M.Ya. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozogʻiston Respublikasi universitetidagi oʻqishini goʻyoki Qirgʻiz Respublikasidagi xalqaro universitetga koʻchirib, ushbu taʼlim muassasasini tugatganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.