Barcha xarajatlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, uning tuman va shahar bo'linmalari hisobidan qoplab berildi.

— Ushbu tashabbus Xorazmda yashayotgan, ijtimoiyi himoya va yordamga muhtoj,  kam ta'minlangan oilalar va ularning farzandlari uchun ayni muddao bo'ldi, — deydi fondning Xorazm viloyat  bo'limi bosh hisobchisi Jahongir Rajabov. — Ular mazkur oromgohda dam olibgina qolmay, o'qishdan tashqari vaqtini sermazmun o'tkazib,  hordiq chiqarib qaytadilar. Buning uchun fond, uning quyi bo'linmalari hisobidan 32 million so'm pul mablag'ini yo'naltirdik.

Bolajonlar yozgi sog'lomlashtirish oromgohida dam olish, xordiq chiqarish bilan birga, u yerda yangi do'stlar orttiradi.

Mahalla xayriya jamoat fondi

Xorazm  viloyat bo'limi matbuot xizmati