Qayd etilishicha, hodisa shu yilning 22-aprel kuni soat 18:16da “Kamaz“ rusumli yuk avtomashinasini Urganch tumani “Turkmanlar“ mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Kamaz“ rusumli transport vositasi D214 Urganch-Yangiariq yoʻlining 4km.da harakatlanib borayotganida, old gʻildiragi shinasi havo qoʻyib yuborishi natijasida haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, old gʻildiragi yoʻl chetidagi ariqqa tushishi oqibatida avtomobilining elektr simlarida qisqa tutashuvi yuzaga kelib, yongʻin sodir boʻlgan.
Hozirda mazkur yongʻin Urganch tumani 12-yongʻin-qutqaruv qismi tomonidan 18:40da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida yuk avtomashinasi kabina qismi yonib zararlangan.