Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi

    Yongʻinni bartaraf etish uchun voqea joyiga 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 7-noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Shermatlar“ MFY, Gurlan koʻchasida joylashgan kiyim-kechak savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

    Voqea joyiga jalb qilingan yongʻin-qutqaruv ekipaji tomonidan yongʻin soat 13:20 da oʻrab olingan va soat 13:50 da batamom oʻchirilgan.

    Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.