Qayd etilishicha, holat shu yilning 7-aprel kuni sodir boʻlgan boʻlib, shu kuni maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yigʻmaganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketgan.
Holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, pedagogga xos boʻlmagan harakatlari uchun “Hayfsan“ intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.









