Nizom Xorazm viloyatida Prezident qarorida belgilangan muddatlarda (2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha) investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • — toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln soʻm;
  • — 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln soʻm;
  • — 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln soʻm.

Bunda mehmonxona kamida 2 qavatdan iborat boʻlishi lozim.

Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5-yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona boʻlgan taqdirda, kamida 5-yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.