Xabarda Qo‘shko‘pir tumani 19-umumta’lim maktabi o‘quvchilari direktor tomonidan sholi ekilgan maydonga ishlash uchun yuborilgani keltirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu vaziyat o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. O‘rganish natijasida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmagan.
Shuningdek, hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.