баннер
14 Mar 2025
12:03

    Xorazmda ota oʻz oʻgʻli, kelini va nabirasini otdi

    Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvchi 1954-yilda tugʻilgan shaxs, oilaviy kelishmovchilik sababli, 1974-yilda tugʻilgan oʻgʻlini uyida saqlab kelayotgan ov quroli bilan qasddan otib oʻldirgan.

    Bu hodisa shu yilning 19-fevral kuni Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida sodir boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar va jamoatchilik oʻrtasida katta shov-shuvga sabab boʻldi.

    Jinoyat tafsilotlarini Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari, mahalla ahli ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tuman prokurori jinoyat tafsilotlarini ochiqladi. Aytilishicha, bobo kelini va nevarasiga ham oʻq otib, ogʻir jarohat yetkazgan.

    Ushbu jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa muddatda fosh etilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    – Mazkur oila aʼzolari bilan koʻp marotaba suhbat oʻtkazganmiz, – deydi “Yangiariq” MFY raisi Otabek Nazariy. – Mahallamiz profilaktika inspektori bilan birga borib ov qurolini toʻgʻri saqlash borasida ham juda koʻp profilaktik tushuntirishlarni olib bordik. Mahallamiz uchun juda yomon holat boʻldi bu hodisa. Bu mudhish voqeaning asl sababchisi ichkilikdir. Spirtli ichimlikni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgan ota oila aʼzolari bilan kelisholmay qolgan. Oʻrtada janjal chiqib, mudhish qotillik jinoyati sodir boʻlgan. Uch yildan buyon mahallamizda bironta jinoyat sodir etilmagan edi. Bundan keyin ham jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha mahalla yettiligi, faollar bilan birgalikda muntazam ishlaymiz.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech