Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda boʻlim boshligʻi R.A. ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, R.A. fuqaro J.P.ning noturar binosini turar joy toifasiga oʻtkazib berishni viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirib berishini aytgan. Buning evaziga u 1000 AQSH dollari talab qilgan.
Ushbu pullarning 700 AQSH dollari va 3,6 million soʻmini olgan vaqtida R.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.