Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.Yu. fuqaro R.A.ning turar-joy binosiga goʻyoki tuman kadastrlar boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishi va tuman hokimligi zaxirasidagi qoʻshimcha 940 kv metr. yer maydonini 50 mln soʻmga olib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 2 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.