Xorazmda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash choralari koʻriladi

    Hukumat 1 Mart 2024 774

    Joriy yilda 119 ta koʻp qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilani yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta koʻp qavatli uy qurilishi boshlanadi.

    Xorazmda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

    Joriy yilda 119 ta koʻp qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilani yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta koʻp qavatli uy qurilishi boshlanadi.

    Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya boʻyicha namunali hududga aylantirish choralarini koʻrish topshirildi.

    Yil yakunigacha Urganch va Xiva shaharlari hamda Gurlan va Tuproqqalʼa tumanlarida oqova suv tarmogʻini qurish loyihasi boshlanadi.

    Elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni toʻliq yangilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

    Bunda, 2024-yilda 1 ming kilometr tarmoq, 10 ta podstansiya va 500 ta transformatorni yangilash koʻzda tutiladi.

    Kelgusi ikki yilda viloyatda tuproq yoʻllar umuman qolmasligi kerakligi qayd etildi.

    Yaroqsiz yoʻllarning yarmini shu yilni oʻzida taʼmirdan chiqarish, “Urganch-Shovot” yoʻlining 20 kilometrini saqlashga xususiy sektorni jalb qilish topshirildi.

    Viloyatdagi 233 kilometr yoʻllar “hajm” usulida taʼmirlanishi, Tuproqqalʼa, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan oʻtgan “4R-156” avtomobil yoʻlining 84 kilometri sement beton qoplamaga oʻtkazilishi belgilandi.