Mazkur masala boʻyicha Bola huquqlari boʻyicha vakilga murojaat kelib tushgani va nazoratga olinganini maʼlum qildi.

"Kuni kecha Bolalar Ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi va tegishli maʼlumotlarni oldi. Bolalar Ombudsmani oʻrganish natijalari boʻyicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborgan.

Holat yakunlari boʻyicha jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi", deyiladi xabarda.

Bolalar Ombudsmani yana bir bor bolalarga nisbatan qoʻllanadigan jinsiy jinoyatlarga ogʻir jazo turlarini qoʻllash kerak, degan pozitsiyada qatʼiy turishini maʼlum qildi.