Holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Shu yilning 25-sentyabr kuni soat 11:05 da Xorazm viloyati, Urganch shahar, “Navbahor” MFY, Tinchlik koʻchasida joylashgan banklarning biri binosining ijaraga berilgan yuqori qismida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 11:10 da voqea joyiga borib, yongʻin soat 11:30 da oʻrab olingan va soat 12:22 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida bino tom qismining taxminan 30 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtokran jalb etilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.