Xorazmdagi bogʻchalardan birida bolalarni urib dars oʻtgan tarbiyachilar ishdan boʻshatildi

    Ta'lim 16 Dekabr 2023 955

    Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi bogʻchalardan birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

    Holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, holat Urganch tumani 23-son maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan. Ushbu vaziyatni oʻrganish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib, oʻrganish ishlari olib borildi.

    Ish faoliyati davomida yoʻl qoʻygan qoʻpol xato va kamchiliklari uchun yordamchi mazkur MTT tarbiyachilari R.M. va A.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.