Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.H.” MCHJ rahbari U.N. tibbiy buyumlar savdosi uchun tegishli ruxsatnomasi boʻlmasa-da, MCHJga qarashli klinikada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelib, ushbu klinikada tashkil etgan savdo nuqtasida 86 turdagi umumiy bahosi 36,3 mln soʻmlik muvofiqlik sertifikatlari boʻlmagan hamda yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishliligi boʻyicha tergovga yuborilgan.