“Oʻzenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining xabariga koʻra, Yangibozor tumanida joylashgan “F.G.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Xususan, ushbu shoxobchada gaz hisoblash uskunasining konfiguratsiyasiga tashqi taʼsir koʻrsatilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 3 milliard 48 million soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.