Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bugun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisidagi Xorazm viloyati prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 6-apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyati prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyatsiya instansiya sudida koʻrish uchun yuborilishi belgilandi.