Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rish uchun yuborish to'g'risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushdi.

Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel` kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko'rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko'rib chiqilishi ma'lum qilinadi.