Boshqarma izohiga ko‘ra, voqea Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o‘rganildi.
"O‘rganish davomida voqea Xonqa tumanidagi “Adolat Dinora orzulari” nodavlat ta’lim muassasasida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Tarbiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", deyiladi xabarda.