Shu maqsadda Xorazm viloyatidagi “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ tomonidan 30 ta zamonaviy “ZHONGTONG” rusumli avtobus xarid qilinib, hududga olib kelindi. 

Natijada joriy yil boshidan buyon viloyatga olib kelingan yangi avtobuslar soni jami 90 taga yetkazildi.

Zamonaviy harakat tarkiblari yaqin kunlarda Urganch shahri ichki avtobus yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtirish rejalashtirilgan.

Yangi avtobuslarning yo‘nalishlarga chiqarilishi yo‘lovchilarga yanada qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, jamoat transporti tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.