Xorazmlik akusher-ginekologlar taʼlim kursini oʻtadilar

    Salomatlik 12 Iyun 2023 1313

    Xorazmda Akusherlik va ginekologiya markazi tomonidan hududning 36 nafar mutaxassisini oʻqitish ishlari olib borildi.

    Neotlojnaya akusherskaya pomoщ” (“Shoshilinch akusherlik yordami) kursi 1-iyundan 10-iyunga qadar Xorazm viloyat perinatal markazi bazasida Urganch shahrida oʻtkazilyapti.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM DK) mutaxassislari kurs tematikasi boʻyicha 2021-yilda tasdiqlangan harakatdagi Milliy klinik protokollar tavsiyalariga asoslangan kundalik mashgʻulotlarni olib bordi.

    Kurs dasturi AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlar akusher-ginekologlari jamiyatlarining zamonaviy maʼlumotlari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tibbiyot tashkilotlari tavsiyalari bilan yangilangan.

    Shovot, Bogʻot, Xozarasp, Gurlan va Urganch tibbiyot birlashmalari boʻlinmalarining, shuningdek Viloyat perinatal markazi akusher-ginekologlari kurs dasturi bilan tanishib chiqish barobarida, shoshilinch akusherlik yordami koʻrsatish boʻyicha oʻzlarining kasbiy malakalari va koʻnikmalarini oshirdi.

    “Tizimli ravishda oʻtkaziladigan bu kabi oʻquvlar klinik protokollarni amaliyotga samarali joriy etishga yordam beradi”, — deb hisoblaydi Xorazm viloyat perinatal markazi direktori Salomat Matyakubova.

    U “Bunday kurslarda oʻqib chiqqan shifokorlar isbotlangan tibbiyotning, zamonaviy samarali texnologiyalarning tarafdori boʻlib qoladi. Ular oʻz amaliyotida xavfsizligi isbotlangan tashxisli va profilaktik tadbirlarni yanada faolroq qoʻllashni, keng joriy etishni va tarqatishni boshlaydi”, — deb hisoblaydi.

    Viloyat perinatal markazi direktorining fikricha, viloyatning barcha shifokorlarini qamrab olish maqsadida bunday oʻquv kurslarini yiliga bir marta emas, yil davomida har chorakda oʻtkazish kerak. Bu shifokorlarni yangi sogʻliqni saqlashning akusherlik kabi tarmogʻida muttasil paydo boʻlib boradigan fan yutuqlari bilan tanishtirish, polipragmaziyani, yaʼni koʻpincha ortiqcha dori-vositalarini qoʻllashni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.

    Ilmiy asoslangan amaliyotlarni va texnologiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirish, respublikada ona va bolaning perinatal kasallanishi va oʻlimi darajasini pasaytirish imkonini yaratadi.

    10 kunlik kurs xorazmlik shifokorlarning akusherlik sohasi boʻyicha zamonaviy tibbiyot bilimlariga intilishlarini, taʼlim olish jarayonidagi, oʻtkazilgan bahslarda va zamonaviy akusherlikning dolzarb muammolarini hal etish ustida izlanish boʻyicha guruhli ishlarda ularning faolligini namoyon etdi. Undan tashqari RIAGIATM DK tomonidan tashkil etilgan kurs xorazmlik akusher-ginekologlarga viloyat hududlaridagi hamkasblari va toshkentlik mutaxassislar bilan tajriba almashish imkonini yaratdi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.