Xorazmlik o'qituvchi xalqaro mukofot sohibi

    Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi 33-umumta'lim maktabining chet tili fani o'qituvchisi Ogilnur Ataeva yaqinda Qozog'iston poytaxti Nursulton shahrida MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan “Yilning eng yosh olimi –2021” xalqaro tanlovda chet tillar yo'nalishida birinchi o'rin egasi bo'lgani haqida ilgari xabar bergan edik.

    Bugun yana bir xushxabar keldi. Misr poytaxti Qohira shahrida bo'lib o'tayotgan xalqaro anjumanning dastlabki kunida Ogilnur “Adabiyot laureati” mukofoti bilan taqdirlandi.

    Ogilnur Atoevani bu mukofot bilan muborakbod etamiz.

    Ro'zimboy HASAN,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri.