Gurlan tumanidagi 33-son umumtaʼlim maktabi nemis va ingliz tili fani oʻqituvchisi Gulnur Atayevaning “Chinorimsan Vatanim” nomli kitobi Turkiyaning Artshop nashriyoti tomonidan turk tilida 1000 nusxada nashrdan chiqdi. Shu munosabat bilan 6-9-avgust kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida oʻtkazilgan “Turkiyada II-Adabiyot kunlari-2021” anjumanida Gulnur Atayevaga ”KIBATEK INTERNATİONAL LİTERATURE PRİZE-2021» mukofoti sohibasi boʻldi.

Ushbu mukofot har 2 yilda bir marta xalqaro miqyosida kitoblari nashr qilingan eng yaxshi kitob mualliflariga taqdim qilinadi. Ushbu nufuzli mukofot KIBATEK tashkiloti vitse prezidenti Leyla Isik tomonidan topshirildi.

«Vatanimni Chinorga qiyoslayman, Chinor mahobatli boʻlgani uchun buyuk emas. Chinor uzoq umr koʻrgani uchun ham buyuk emas. Chinor, qanday shamol esishidan, qachon esishidan, qayoqqa qarab esishidan qatʼiy nazar, qilt etmay turgani uchun buyukdir.

Ushbu kitob mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan»-deydi Gulnur Atayeva.