Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 martdagi “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv ta'minoti tizimlarini rekonstruktsiya qilish” (1-bosqich) loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida muammoni hal etish ko'zda tutilgan.
Loyiha doirasida Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari hududlarining bir qismini markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlashni yanada yaxshilash maqsadida “Qodiriya” suv tozalash va ta'minlash inshootidan Zangiota tumanidagi 3-sonli suv taqsimlash inshootigacha magistral tarmoqni barpo etish ishlari boshlangan. Kelgusida yana 18 ta inshootda ta'mirlash tadbirlarini amalga oshirish, 423 km magistral suv quvurlari va tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda "Qibray – Toshkent – Zangiota" tumanlari aholisini ichimlik suv bilan ta'minlaydigan qator inshootlar, ochiq va yopiq suv havzalari bunyod etilmoqda. Ushbu xayrli ishlarning vaqtida bajarilishini nazorat qilish yuzasidan monitoring olib borilyapti.
Quvonarlisi, loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi 265 ming fuqaro, ya'ni 58 ta qishloq aholi punktida ichimlik suv ta'minoti yaxshilanadi va aholining ob-hayotga bo'lgan ta'minoti 60 foizdan 92 foizga etkaziladi.
YAqinda Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova, tuman Kengashi deputatlari Sa'dulla Matyoqubov va Mirislom Usmonovlar "Qodiriya" suv inshootida bo'lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.