Mamlakatimizda aholiga rasmiy ish joyi boʻlmasa ham, daromadini deklaratsiya asosida hisobga olib, ipoteka krediti olishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Lekin hozirda xorijga ishlashga ketganlarga “Oʻzbekistonda rasmiy daromadi yoʻq”, degan vaj bilan kredit va subsidiya berilmayapti.

Mutasaddilarga xorijda mehnat qilayotgan va olti oy ichida muntazam pul oʻtkazib kelayotgan fuqarolarimiz daromadini hisobga oladigan tizim yaratish topshirildi.