Taʼkidlanishicha, joriy yilning 10 oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 85 ming 634 ta murojaat kelib tushgan. 

Murojaatlar asosida xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizning 35 ming 381 nafariga tashkiliy va manzilli tarzda ishga joylashishga koʻmaklashilgan, xorijda ishlayotgan 8 667 nafariga huquqiy, 7 141 nafariga ijtimoiy va 2 474 nafariga jami 71 400 AQSH dollari miqdorida moddiy yordam koʻrsatilgan.

Yurtdoshlarimizning 1710 nafarini ish beruvchi tomonidan toʻlanmayotgan ish haqi, 98 nafarini esa kompensatsiya toʻlovlari shaklidagi jami 1 mln 200 ming AQSH dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan.