Jizzaxlik yurtdoshimiz E.I. Rossiyaning Amur viloyati Svobodniy shahriga 2022-yilning sentyabr oyida qurilish sohasida ishlash maqsadida boradi. Ishdan tashqari paytda yiqilib, ustiga futbol darvozasi tushib ketadi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Og'ir tan jarohati olgan E.I. zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi. Ma'lum bo'lishicha, fuqaroning umurtqa pog'anasi va orqa miyasi jarohatlangan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentlining Amur o'lkasidagi vakili bemorning holidan xabar olib, shifokorlar bilan doimiy aloqa bo'lib turdi.

Yurtdoshimizning biroz ahvoli yaxshilangach, Xabarovsk-Toshkent yo'nalishidagi aviareys chipta olib berilib, Vatanga qaytarildi.