Xorijda olingan haydovchilik guvohnomasi Oʻzbekistonda amal qiladimi?

    Ijtimoiy hayot 7 Oktabr 2021 4520

    Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

    Bu haqda advice.uz sayti maʼlum qildi.

    Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi.

    Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.