Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);
  • Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat boʻlgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi (Boʻlim);

Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:

  • kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;
  • Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe lavozimi.