Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1009-son, 04.12.2024-y.) bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

    Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan toʻldirilmoqda.

    Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.