Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolari davlat xizmatlaridan foydalana oladimi?

    Ijtimoiy hayot 7 May 2021 432

    — Men ayni paytda vaqtinchalik xorijda edim. Oilaviy masalada davlat xizmatlaridan foydalanishimga toʻgʻri kelib qoldi. Ayting-chi, xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolari davlat xizmatlaridan qanday foydalanishlari mumkin?

    Savolga DXA Samarqand viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Xurshid MUXTOROV javob berdi.

    — Xorijda boʻlib turgan mamlakatimiz fuqarolari ham davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Buning uchun my.gov.uz manzili orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirish zarur. Bunda portal yordamida kerakli xizmat turi tanlansa bas.

    Maxsus yoʻriqnoma orqali ularni onlayn olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanilgani uchun fuqaroga toʻlov jarayonida 10 foizlik chegirma ham taqdim etiladi.

    Faqat davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish uchun fuqarolarimiz elektron raqamli imzo kalitidan foydalanishlari lozim boʻladi. ERI kalitini olish uchun hukumat qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga koʻra Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi kelgan holda) yoki my.gov.uz portali hamda e-imzo.uz rasmiy veb-sayti orqali olish ham mumkin.

    Davlat xizmatlari markazlari orqali olganda faqatgina pasport va “fleshka”ni taqdim etish kifoya.

    DXA Samarqand viloyat boshqarmasi

    Axborot xizmati