— Parijda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qoʻlga kiritish va medallar boʻyicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.
Har bir hudud kesimida Olimpiada oʻyinlariga hozirlik koʻrish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.
Sport taʼlim muassasalarida Paralimpiya boʻlimlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qoʻshimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.
Sportchilarni oʻqitishda ota-onalar tomonidan pul toʻlash tartibini bekor qilish zarur. Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga, imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak.
Shu oʻrinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportchilarni (legioner) olib kelish tajribasi unchalik ham oʻzini oqlamayotganini ochiq aytishimiz kerak.
Bunday amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy eʼtibor qaratadigan payt keldi.
Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak".