Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi mazkur ikki bloger tomonidan “ADWORLD GROUP” MCHJ faoliyatiga oid xorijga ishga yuborish xizmatlari haqida reklama-axborotlarini joylashtirib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishlash uchun yuborish boʻyicha xizmatlar bilan shugʻullanib kelayotganligi reklama qilgan.
Qonunchilikka koʻra, xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlari ularda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda taqdim etilishi belgilangan.
Bunda, tegishli litsenziyasiz xorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Shuningdek, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasida ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud boʻlmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda oʻz bloglarini yurituvchi fuqarolar O.Joʻrayev va A.Abduraxmonovlarga nisbatan qonun buzilish holati boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.