Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan startap loyihalarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha venchur jamgʻarma tomonidan 2 milliard soʻmgacha investitsiya mablagʻlari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi:
- istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga – 500 million soʻmgacha;
- Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga – 1 milliard soʻmgacha;
- xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihaga – 2 milliard soʻmgacha.
Savdo-sanoat palatasi hamda joylardagi hokimliklar:
- Jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga koʻmaklashish uchun shaxsan masʼul etib belgilanadi;
- har chorakda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga takliflar kiritib boradi.