Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.Jning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 2,5 mln soʻm pulini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.