Xorijiy yetakchilardan O‘zbekistonning Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabriklar

    Hukumat 31 Avgust 2024 2310

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro institutlar va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi korporatsiya va kompaniyalar rahbarlaridan, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

    Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va davlatimizning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik va faol tashqi siyosatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlamoqdalar. Iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi yutuqlar alohida e’tirof etilmoqda.

    Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va baxt-saodat, yanada gullab-yashnash va taraqqiyot tilaklari bildirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Janobi Oliylari,

    Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni izhor etaman.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu muhim kunni nishonlashda O‘zbekiston Respublikasi xalqining xursandchiligiga qo‘shiladi.

    Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, iqlim inqiroziga qarshi kurashish va barcha uchun imkoniyatlar va umidlarni kengaytirish muhimligini eslatadigan noyob fursatdir.

    Tinchlik, barqaror taraqqiyot va barcha uchun inson huquqlarini ta’minlashga yordam beradigan birdamlik va umumiy qarorlar uchun ayni payt.

    Ushbu qutlug‘ kunni nishonlar ekanmiz, O‘zbekiston Respublikasi xalqi va butun dunyodagi barcha insonlar uchun yaxshi kelajak barpo etish borasidagi intilishimiz qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlaymiz.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Antoniu Guterrish,

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

    Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan dadil bormoqda, mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etmoqda, jahon maydonida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

    Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xususiyatiga ega. Moskva va Toshkent turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik, MDH, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida samarali muloqot qilmoqda.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni izchil rivojlantiramiz, deb ishonaman.

    Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Vladimir Putin,

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari!

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Sizga va do‘st O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

    Sizning rahbarligingizda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi faol amalga oshirilmoqda, davlat qurilishida samarali natijalarga erishilib, xalq farovonligi kun sayin yuksalib bormoqda. Yangi davrda har qanday har tomonlama strategik hamkor sifatida Xitoy tomoni bundan mamnun.

    Joriy yilning yanvar oyida Pekinda va iyul oyida Ostona shahrida Siz bilan muzokaralar o‘tkazdik, ular davomida Xitoy-O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha ko‘plab muhim kelishuvlarga erishildi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi. Yagona taqdirga ega Xitoy-O‘zbekiston hamjamiyatini qurishni yanada chuqurlashtirish maqsadida Siz bilan yaqin aloqalarni davom ettirishga va strategik aloqalarni mustahkamlashga tayyorman.

    O‘zbekistonga ravnaq va kuch-qudrat, xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.

    Si Szinpin,

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari!

    Qo‘shma Shtatlar xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga mamlakatingiz Mustaqillik kuni munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman.

    1991-yilda mamlakatingiz mustaqilligi e’lon qilinganidan buyon O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va mintaqaviy barqarorlik yo‘lida salmoqli yutuqlarga erishdi. Ushbu voqealar mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora sermazmun va jadal strategik sheriklikka olib keldi. Chegara xavfsizligini mustahkamlash, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va O‘zbekistonning boy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha ish olib borish kabi umumiy maqsadlarimizga erishish yo‘lida amalga oshirgan ishlarimizdan faxrlanaman.

    Qo‘shma Shtatlar mavjud aloqalar mustahkamlanishi va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilishini intiqlik bilan kutib qoladi. Sizga mamlakatingiz mustaqilligini shodlik va quvonch ila o‘tkazishingizni tilab qolamiz.

    Hurmat bilan,

    Jozef Bayden,

    Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Qadrli qardoshim!

    Sizni va qardosh O‘zbekiston Respublikasining butun xalqini mamlakatingiz Mustaqilligi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

    Mustaqillik yillarida qardosh O‘zbekiston o‘z davlatchiligini mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda salmoqli yutuqlarga erishdi. Mamlakatingizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tanlangan yo‘lning samarali ekanligining yaqqol tasdig‘idir.

    Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Turkmaniston O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro intilish tufayli yildan-yilga yangi mazmun bilan boyib borayotgan munosabatlarni chin dildan qadrlaydi. Muloqotimizga xos bo‘lgan iliqlik va o‘zaro ishonch bundan buyon ham qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida strategik sheriklikni mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qilishiga qat’iy ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.

    Chuqur hurmat ila,

    Gurbanguli Berdimuhamedov,

    Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va butun qardosh O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

    Suveren taraqqiyot yillarida Sizning ajoyib mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda, xalqaro nufuzni mustahkamlashda va fuqarolar farovonligini oshirishda haqiqatan ham ulkan yutuqlarga erishdi. Ushbu qutlug‘ kun o‘zbek xalqining milliy birdamligi va hamjihatligi, yuksak bunyodkorlik ruhi va vatanparvarligining ramzidir.

    Sizlarning keng ko‘lamli siyosiy islohotlarni tizimli amalga oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, xalqimizning turmush darajasini yuksaltirish va milliy manfaatlarimizni xalqaro maydonda ilgari surish borasidagi tinimsiz sa’y-harakatlaringiz yuksak hurmat va ehtiromga sazovordir. Ishonchim komilki, Sizning nufuzli va dono rahbarligingizda O‘zbekiston barqaror o‘sish va taraqqiyot yo‘lidagi dadil harakatini davom ettiradi.

    Biz ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhidagi ko‘p qirrali Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligini yanada chuqurlashtirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.

    Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qat’iy intilishimni tasdiqlar ekanman, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Qasim- Jomart Toqayev,

    Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich,

    Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va qardosh O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

    Sizning rahbarligingiz so‘nggi yillarda O‘zbekiston taraqqiyotida, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mamlakatning xalqaro mavqeini mustahkamlash sohasida sezilarli yutuqlarga olib keldi.

    Sizlning ichki va tashqi siyosatdagi keng ko‘lamli islohotlaringiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi, boshqa mamlakatlar bilan sheriklik mustahkamlanmoqda.

    Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangizni, shuningdek, xalqlarimiz uchun muhim bo‘lgan turli sohalarda muvaffaqiyatli ikki tomonlama hamkorlikni yuksak qadrlayman.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Qirg‘iziston-O‘zbekiston qardoshligi, abadiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bundan buyon ham rivojlanib, mustahkamlanib borishiga ishonaman.

    Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Sadir Japarov,

    Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Qadrli Shavkat Miromonovich!

    Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni, Siz orqali qardosh O‘zbekiston xalqini mamlakatingiz milliy bayrami - Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

    Sizning tinimsiz sa’y-harakatlaringiz tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini oshirish, shuningdek, mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida muhim natijalarga erishildi. Biz yaqin qo‘shni sifatida bu muvaffaqiyatlardan chin dildan xursandmiz.

    O‘zbekiston bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorona hamkorlik munosabatlari Tojikiston tashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi va biz ularni bugungi darajasigacha qadrlaymiz.

    Tojikiston-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining butun majmui izchil rivojlanib va kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Biz ushbu o‘zaro manfaatli jarayonni yanada ilgari surishdan manfaatdormiz.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlashga har tomonlama hissa qo‘shamiz, deb ishonaman.

    Sizga, qadrli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilayman.

    Chuqur hurmat bilan,

    Emomali Rahmon,

    Tojikiston Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Mamlakatingiz Mustaqilligi kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda ulkan yutuqlarga erishdi, xalqaro maydonda munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘ldi, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda konstruktiv rol o‘ynamoqda.

    Biz Turkmanistonda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yuksak darajasini yuksak qadrlaymiz va uni mustahkamlash va yanada kengaytirishga katta ahamiyat beramiz. O‘z navbatida, mamlakatlarimizning qardosh xalqlari farovonligi yo‘lida Turkmaniston-O‘zbekiston strategik munosabatlarini yangi ufqlar tomon faol ilgari surish uchun Siz bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarni bundan buyon ham davom ettirishga tayyorligimni bildiraman.

    Fursatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalqi farovonligi yo‘lidagi barcha tashabbus va intilishlarda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

    Chuqur hurmat ila,

    Serdar Berdimuhamedov,

    Turkmaniston Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich,

    Qadrli qardoshim,

    Qardosh O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifim chog‘ida menga, oilamga va butun delegatsiyamga ko‘rsatgan yuksak e’tibor va mehmondo‘stligingiz, chinakam birodarlik munosabatlari uchun Sizga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, rafiqam Mehribon xonim va qizim Layloga ko‘rsatilgan samimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik hamda ularni o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishtirganlari uchun Ziroatxon Mirziyoyeva xonim va qizingiz Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildiraman.

    Har safar qardosh mamlakatingizga tashrif buyurganimda Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, mamlakatdagi ulkan o‘zgarishlar va taraqqiyotni ko‘rish menga katta mamnuniyat va sharaf bag‘ishlaydi. Bularning barchasi Sizning serqirra faoliyatingiz, oqilona rahbarligingiz, Vatan va xalqqa xizmatingiz samarasidir. Mamlakatingizning har bir yutug‘i Ozarbayjon uchun faxr va iftixordir.

    Go‘zal mamlakatingizga tashrifim natijalaridan juda mamnunman. Qisqa vaqt ichida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlarining ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgani va buning natijasida biz imzolagan ittifoqchilik to‘g‘risidagi hujjat xalqimizning mustahkam irodasi va munosabatlarimizni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga bo‘lgan qat’iyatimizning yorqin namunasidir. Siz bilan do‘stona, samimiy va o‘zaro ishonch ruhidagi uchrashuvlarimizni, ikki tomonlama munosabatlarning keng doirasini va hamkorligimizni yanada rivojlantirish yo‘nalishida o‘tkazgan samarali muzokaralarimizni yuksak qadrlayman. Hech shubhasiz, Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi natijalari, erishilgan kelishuvlar, imzolangan ko‘plab muhim hujjatlar, shu jumladan, o‘tkazilgan ishbilarmonlik forumi kelgusidagi faol hamkorligimiz nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega. Tashrif davomida ishlab chiqilgan loyihalar va o‘tkazilgan muhokamalar yaqin yillarda iqtisodiy, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorligimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Ozarbayjonning ozod etilgan yerlarida Sizning tashabbusingiz bilan amalga oshirilayotgan tiklash va rekonstruksiya ishlarida mamlakatingizning bevosita ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda qadrlidir.

    Ozarbayjon va O‘zbekiston san’atkorlarining qo‘shma gala-konsertdagi ajoyib chiqishlari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikning tasdig‘i, mushtarak an’ana va qadriyatlarning yorqin ifodasi bo‘ldi. Aynan mushtarak ma’naviy qadriyatlar, diniy va madaniy ildizlar, xalqlarimizning mustahkam do‘stligi va bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi asosiy omillardir. Siyosiy muloqotimizning jadalligi, o‘zaro tashriflarimiz, uchrashuvlarimiz, yaqin hamkorligimiz davlatlararo aloqalarimizni tezlashtirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Hurmatli Prezident janoblari,

    Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishda oliy darajadagi tashriflarning ahamiyatini hisobga olib, Sizni Ozarbayjonga davlat tashrifini amalga oshirishga taklif etaman. Ishonchim komilki, Sizning ushbu tashrifingiz Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlashga, ittifoqimizni chuqurlashtirishga, mamlakatlarimiz va butun mintaqamizning barqaror rivojlanishi va gullab-yashnashiga beqiyos hissa qo‘shadi.

    Sizni tez orada Bokuda ko‘rishga umid qilamiz. Sizga va oilangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, mas’uliyatli va olijanob faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

    Hurmat bilan,

    Ilhom Aliyev,

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich,

    O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

    O‘zbekiston davlatining suveren rivojlanish yillari barqaror iqtisodiy o‘sish, keng ko‘lamli ijtimoiy o‘zgarishlar va mamlakatning jahon miqyosida munosib e’tirof etilishini ta’minlagan yorqin yutuqlarga boy bo‘ldi.

    Bugun Toshkent konstruktiv tashabbuslar bilan Markaziy Osiyoda global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash tizimiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

    Xalqlarimizning ko‘p yillik do‘stligiga asoslangan Belarus-O‘zbekiston munosabatlari ikki tomonlama formatda ham, xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy birlashmalar doirasida ham bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonaman.

    Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, barcha rejalaringiz amalga oshishini, O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Aleksandr Lukashenko,

    Belarus Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Prezident Janoblari, qadrli birodarim,

    O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va birodar o‘zbek xalqini eng samimiy tilaklarim bilan muborakbod etaman.

    Mustaqil bo‘lganidan buyon har kuni tobora taraqqiy etayotgan do‘st va qardosh O‘zbekistonda oqilona rahnamoligingiz orqali erishilayotgan muvaffaqiyatlar va xalqaro maydonda egallangan nufuzli o‘rin - Turkiya uchun ham g‘urur manbaidir.

    Munosabatlarimizning mushtarak sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama darajada va ko‘p tomonlama platformalarda, jumladan Turkiy davlatlar tashkilotida ildiz otib borayotganini ko‘rish benihoya mamnuniyat baxsh etadi.

    2024-yil 6-iyun kuni Anqara shahrida o‘tkazilgan Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida kelishib olingan xususlar birodarlikka tayanuvchi yaqin aloqalarimizni kelgusida barqaror tarzda mustahkamlashiga ishonchim komil.

    Do‘st O‘zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan yana bir bora qutlab, fursatdan foydalangan holda, chin qalbimdan Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh O‘zbek xalqiga omonlik, farovonlik tilab qolaman.

    Rejep Tayyip Erdog‘an,

    Turkiya Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari,

    Mening qadrli do‘stim,

    O‘zbekiston milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va o‘zbek xalqiga shaxsan o‘z nomimdan va Fransiya xalqi nomidan eng samimiy tabriklarimni hamda baxt va farovonlik tilaklarimni yo‘llashdan benihoya mamnunman.

    2024-yil yozgi Parij Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan davrda, men o‘z faolligi, sport mahorati va ajoyib o‘yinlari bilan ajralib turgan o‘zbekistonlik sportchilar va muxlislarni katta quvonch bilan qabul qilganimizdan behad xursandmiz.

    O‘tgan yilning noyabr oyida Samarqandda meni ajoyib kutib olganingiz davomi sifatida shu yil kuzda Sizning Parij shahriga tashrifingizni intiqlik bilan kutaman. Men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni o‘rnatishga katta ahamiyat beraman. Ushbu ulkan marra davlatlarimiz o‘rtasida yirik mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha yaqinlashuvni mustahkamlash, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomini hurmat qilish bo‘yicha umumiy munosabatimizni mustahkamlash, biz belgilab olgan yirik ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish hamda ta’lim, madaniyat, global muammolar va xavfsizlik kabi muhim sohalarda hamkorligimizni chuqurlashtirish imkonini beradi.

    Mamlakatlarimizni birlashtirgan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi qat’iyatimga ishonishingizni so‘rayman.

    Sizni Parijda kutib olish sharafidan mamnun bo‘lishimni ta’kidlab, Siz, Prezident Janobi Oliylariga, chuqur hurmat-ehtiromimni yana bir bor yo‘llayman.

    Do‘stona hurmat bilan,

    Emmanuel Makron,

    Fransiya Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Prezident Janobi Oliylari!

    Sizni va butun o‘zbek xalqini O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

    Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar uzviy rishtalarga ega va o‘zaro hamkorlikka asoslanadi. Bu avvalambor, ikki tomonlama tashriflarning faollashganida ham namoyon bo‘lmoqda. Qariyb bir yil muqaddam Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘rnatilgan strategik mintaqaviy sheriklik aloqalari orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarimiz yanada chuqurlashib bormoqda.

    Hukumatingizning islohotlar yo‘lini davom ettirish istagingizdan mamnunman va bu borada Sizga ulkan muvaffaqqiyatlar tilayman. Germaniya kelgusida ham O‘zbekistonning olib borayotgan islohotlarda ishonchli hamkori bo‘lib qoladi. Barqaror, farovon va demokratik O‘zbekiston butun mintaqa uchun ham muhim ahamiyatga ega.

    Sizga eng ezgu tilaklarimni, o‘zbek xalqiga erkinlik, xavfsizlik va farovonlikdagi osoyishta kelajak tilayman.

    Frank-Valter Shtaynmayer,

    Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Milliy bayramning ushbu yilligi Sizga, Janob Prezident, va do‘st o‘zbek xalqiga Italiya Respublikasi nomidan va shaxsan o‘zimning nomimdan eng yaxshi tabriklarimni yetkazish imkoniyatini bermoqda.

    Yaqinda O‘zbekistonga tashrifim davomida xalqlarimizni birlashtirgan samimiy do‘stlik rishtalari mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo‘lganman va menga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlikning yorqin xotiralarini saqlab kelmoqdaman.

    O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi faol hamkorlik mintaqadagi istiqbolli aloqalarimizni ham kengaytirish uchun asos bo‘ldi. Buni joriy yil may oyida Rimda shahrida bo‘lib o‘tgan “Italiya-Markaziy Osiyo” formatida uchinchi vazirlar konferensiyasi tasdiqladi.

    Jiddiy mojarolar va geosiyosiy keskinliklar bilan ajralib turuvchi hozirgi sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ijobiy hamkorlik tinchlik va barqarorlik istiqbollarini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkinligiga aminman.

    Ushbu his-tuyg‘ular bilan men Sizning farovonligingiz uchun eng iliq tilaklarimni bildirmoqchiman hamda ularni Sizning mehribon turmush o‘rtog‘ingiz va barcha Vatandoshlaringizga yuborishdan ham mamnunman.

    Serjo Mattarella,

    Italiya Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Mustaqillik bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimizni yo‘llashdan behad mamnunmiz.

    Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, qardosh Uzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaymiz.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

    Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Siz, Janobi Oliylari O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami-Mustaqillik kuni munosabati bilan xolis tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat baxtiyorman.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq va ulkan zafarlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga yuksaliy va farovonlik tilab qolaman.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

    Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning eng samimiy tabrik va qizgin tilaklarimni yo‘llash sharafiga muyassarligim meni cheksiz quvontiradi.

    Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt–saodat, do‘st O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xalqiga doimiy ravnaq va taraqqiyot tilab qolaman.

    Kamoli ehtirom va ezgu tilaklar ila,

    Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

    Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Mamlakatingiz Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan Siz va O‘zbekiston xalqiga Qatar Davlati xalqi va shaxsan o‘z nomimdan eng samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.

    Siz, Janobi Oliylariga, sihat-salomatlik va baxt-saodat hamda O‘zbekiston xalqiga farovonlik va doimiy taraqqiyot, shuningdek, kelgusida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yanada mustahkamlanib borishini tilab qolaman.

    Yuksak ehtirom ila,

    Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

    Qatar Davlati Amiri

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Janobi Oliylari,

    Mamlakatingiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Hindiston hukumati, xalqi va o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

    O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlik strategik sherikligimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Tarixiy aloqaga ega bo‘lgan ikkita qadimiy sivilizatsiya sifatida biz tinch, barqaror va farovon dunyo haqida mushtarak tasavvurga egamiz. Izchil hamkorligimiz umumiy muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishonchimiz komilki, bizning hamkorligimiz o‘sishda va rivojlanishda davom etadi va xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga, sihat-salomatlik va farovonlik hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik, taraqqiyot va totuvlik tilab qolaman.

    Janobi Oliylari, Siga bo‘lgan yuksak ehtiromlarimni qabul qilgaysiz.

    Draupadi Murmu,

    Hindiston Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Janobi Oliylari!

    Aziz birodarim!

    Hindiston xalqi va hukumati nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda xalqlarimiz o‘rtasidagi chuqur va yaqin do‘stlik rishtalarini yodga olamiz. Hindiston va O‘zbekistonni boy tarix va rang-barang madaniyatga ega bo‘lgan ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalariga asoslangan mustahkam sheriklik uzoq yillardan buyon bog‘lab kelmoqda.

    Keyingi yillarda hamkorligimiz barcha sohalarda sezilarli darajada kengaydi. Biz "Hindiston - Markaziy Osiyo" sammiti va Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi ko‘p tomonlama platformalar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

    Biz ikki tomonlama sheriklikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun hamkorligimizni davom ettirish va mustahkamlashga qat’iy qaror qildik.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘lik va farovonlik, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa bundan-da ziyoda taraqqiyot va ravnaq tilayman.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Narendra Modi,

    Hindiston Respublikasi Bosh vaziri

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga va do‘st o‘zbek xalqiga samimiy tabriklarimni, yurtingizga esa yanada taraqqiyot va farovonlik tilash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.

    Misr va O‘zbekiston o‘rtasida yillar davomida rivojlanib kelayotgan ajoyib do‘stona va hamjihatlik rishtalari bilan ajralib turadi. Ikki do‘st xalqlarimiz farovonligi yo‘lida mavjud imkoniyatlardan foydalanish va o‘zaro hamkorligimizni davom ettirishga umid qilaman.

    Eng yuksak hurmat-ehtiromimni bildirgan holda, janob Prezident, mening salomlarimni hamda do‘st O‘zbekiston xalqiga samimiy tilaklarimni qabul qilgaysiz.

    Abdulfattoh as-Sisi,

    Misr Arab Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni kirib kelishi munosabati bilan Siz Janobi Oliylari hamda do‘st va birodar O‘zbekiston xalqini samimona tarzda tabriklashga ijozat bergaysiz.

    Ikki mamlakatning o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonaman. Qo‘shni va minataqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish Eron Islom Respublikasi yangi Hukumati tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

    Llloh taolodan Siz Janobi Oliylariga salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston Respublikasi xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik so‘rab qolaman.

    Mas’ud Pezeshkiyon,

    Eron Islom Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Sizga va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

    Umid qilamanki, iyun oyida go‘zal mamlakatingizga amalga oshirgan davlat tashrifim mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘tgan yillar davomida barpo etilgan alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi almashinuv va do‘stlikni mustahkamlashga turtki beradi.

    Sizga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, O‘zbekiston Respublikasiga esa uzluksiz ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Yun Sok Yol,

    Koreya Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    O‘zbekiston milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga eng samimiy tabriklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

    Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy do‘stlik so‘nggi yillarda har tomonlama va muvaffaqiyatli strategik sheriklikka aylanib borayotganidan mamnunman. Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga olib keladi.

    Sizni ishontirib aytamanki, mening hukumatim yuqori darajadagi strategik muloqotni davom ettirish hamda hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirishga sodiqdir.

    Mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va sihat-salomatlik tilayman!

    Samimiyat bilan,

    Viktor Orban,

    Vengriya Bosh vaziri

    ***

    Quyidagilar ham o‘z tabriklarini yo‘llagan:

    Yaponiya Imperatori Naruxito,

    Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III,

    Singapur Respublikasi Prezidenti Tarman Shanmugaratnam;

    Filippin Respublikasi Prezidenti Ferdinand Markos,

    Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

    Iordaniya Podshohi Abdulla II,

    O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said,

    Marokash Podshohi Muhammad VI,

    Belgiyaliklar Qiroli Filipp,

    Ispaniya Qiroli Filipp VI,

    Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav,

    Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili,

    Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev,

    Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs,

    Malta Respublikasi Prezidenti Miriam Spiteri Debono,

    Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda,

    Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis,

    Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,

    Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini,

    Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb,

    Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel,

    Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Viola Amxerd,

    Estoniya Respublikasi Prezidenti Alar Karis,

    Tailand Podshohi Maxa Vachiralongkorn,

    Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti To Lam,

    Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo,

    Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Ramchandra Paudel,

    Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Ranil Vikremesingxe,

    Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun,

    Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar al-Asad,

    Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

    Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

    Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident Devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

    Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

    Kanada General-gubernatori Meri Mey Saymon,

    San-Marino Respublikasi Kapitan-regentlari Alessandro Rossi va Milena Gasperoni,

    Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk,

    Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,

    Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

    Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibroxim Toha,

    Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad M. Xon,

    BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy.

    Qutlovlar kelishda davom etmoqda.