Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.
Shularni hisobga olib, 2025-yilda:
- 42 milliard dollarlik xorijiy investitsiyani taʼminlash, shu jumladan, xorijiy moliya institutlari ishtirokida 5,3 milliard dollarlik ishlarni bajarish;
- 81 ta yirik loyihani ishga tushirish, 8 mingdan ortiq oʻrta va kichik loyihani amalga oshirish;
- donor tashkilotlar bilan faol ishlab, 2 milliard dollar grant olib kelish;
- banklar bilan 6 milliard dollar resurs jalb qilish asosiy maqsad boʻlishi belgilandi.









