Bu jarayonlarning tartibi quyidagicha:
-oʻqishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik roʻyxatga kirgan) oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yoʻnalishlariga koʻchirishda:
-alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yoʻnalishlar boʻyicha test oʻtkaziladi;
-test va kasbiy imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy yil 25-iyulgacha, keyinchalik har yili 15-iyulgacha belgilanadi hamda OAVda eʼlon qilinadi;
-oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
-test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
-oʻqishni xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.