Ma'lumot o'rnida, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abiturientlarga oliy ta'lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 27 iyul kuni 2022/2023 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga abiturientlarni onlayn ro'yxatga olish yakunlandi. Qabul yakuniga ko'ra onlayn ro'yxatdan o'tgan va ta'lim yo'nalishlarini tanlagan abiturientlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.