Xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati koʻtarildi

    Moliya 30 Sentabr 2025 1116

    Markaziy bank 2-oktyabrdan boshlab xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi.

    Maʼlumotga koʻra, AQSH dollari kursi 16,34 soʻmga koʻtarilib, 12 084,10 soʻmni tashkil etmoqda. Yevro esa 56,61 soʻmga oshib, 14 197,61 soʻmga yetdi. Funt sterling 37,65 soʻmga oʻsib, 16 247,07 soʻm etib belgilandi.

    Rossiya rubli ham 1,08 soʻmga qimmatlab, 146,72 soʻm boʻldi. Xitoy yuani 2,27 soʻmga koʻtarilib, 1 697,30 soʻmni tashkil etmoqda. Yapon iyenasi esa 0,46 soʻmga oshib, 81,67 soʻmga tenglashdi.

    Shu bilan birga, Qozogʻiston tengesi 0,01 soʻmga arzonlab, 21,99 soʻm qilib belgilandi.