Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) vakillari AQSHlik Xelen Kornblyum va daniyalik Pol Sveyne bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida mehmonlar o'zlariga yuklatilgan vazifalar haqida aytib o'tdi. Xususan, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) joriy yil 24 oktyabr` kuni mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Prezident saylovini kuzatish missiyasini ochdi. Yoxan Merfi rahbarligidagi missiya tarkibiga 28 ta uzoq muddatli kuzatuvchilar kiradi. Bundan tashqari, EXHTga a'zo davlatlardan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi ham Prezident saylovi arafasida mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan.
Xorijlik mehmonlar joylarda bo'lib, saylovchilarning ro'yxatga olinishi, saylovoldi tashviqoti qay tarzda amalga oshirilayotgani, saylovga oid qonunchilik va uning ijrosi kabi ko'plab yo'nalishlarni kuzatib boradi. Davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashuvlar o'tkaziladi.
SHu kunlarda Toshkent viloyatiga biriktirilgan ekspertlar 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi binosida ham bo'lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. YAngiyo'l shahrida tashkil etilgan saylov uchatkalariga borilib, u erdagi mutaxassislar, fuqarolar bilan yaqindan suhbat qilindi.
e'tiborlisi, joylardagi saylov uchastkalari aholi uchun qulay hududlarda bo'lishiga alohida e'tibor qaratilib, buning uchun keyingi besh yil ichida yangi qurilgan bino va inshootlarni tanlangan. Hozirda barcha saylov uchastkalariga ko'rsatkichlar, peshlavhalar va axborot stendlari joylashtirildi.
Suhbat davomida Davron Hidoyatov mehmonlarning viloyatga kelganidan xursand ekanini qayd etib o'tdi. Ularga belgilangan vaqt davomida hududning sayyohlik ob'ektlari, ziyoratgohlari, ko'rkam mahallalari va ularda yashovchi hunarmandlari faoliyati bilan ham tanishish bo'yicha taklif bildirdi.
SHuningdek, tuman-shaharlarda yashaydigan turli millat vakillarining urf-odati, turmush tarzini o'rganish va ular bilan yaqindan suhbatlashish lozimligi haqida ham so'z yuritildi.
Ta'kidlanganidek, hozir davlatimiz tomonidan jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash va do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilyapti. Xususan, Toshkent viloyati ham ko'p millatli hudud hisoblanadi. Aholining milliy tarkibi bo'yicha o'zbeklar 70 foiz, qozoqlar 12 foiz, tojiklar 5,5 foiz, ruslar 4,6 foiz va boshqa millat vakillari 7,9 foizni tashkil etadi.
SHundan kelib chiqqan holda, mazkur millat va elatlarning milliy madaniyat markazlari faoliyat yurityapti.
Uchrashuv davomida xorijlik ekspertlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob oldi.
Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati