Dastlabki kunda tibbiyot fanlari doktorlari — shveysariyalik yurak-qon tomir jarrohligi professori Pol Robert Fogt, germaniyalik Andre Ryuffer, shuningdek, rossiyalik malakali pediatr, anesteziolog, reanimatolog Nikolay Pilyugov tomonidan 3 nafar bolada murakkab kardiologik operatsiyalar muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi.
Mazkur amaliyotlar markazda joriy yilda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan bolalar kardiojarrohligi boʻlimi mutaxassislari uchun mahorat darsi sifatida ham alohida ahamiyatga sazovordir.
Xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi operatsiyalar 26-oktabrgacha davom etishi koʻzda tutilgan.