2019 yilda yurtimizda ilk marotaba Nukus, Xiva, Namangan va Toshkentda to'rtta Prezident maktabi ochildi. Mazkur maktablar mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirishdagi islohotlarning lokomotiviga aylanadi. Ushbu maktablarda yoshlarga dars berish uchun xorijdan yuqori malakali o'qituvchilar jalb qilindi.

Mazkur o'qituvchilarning bir guruhi Online-Maktab (Onlayn maktab) loyihasi doirasida turli fanlardan videodarslar tayyorlashda ishtirok etdi. Xususan, Toshkentdagi Prezident maktabining besh nafar o'qituvchisi ingliz tili, informatika, matematika (algebra va geometriya), biologiya va boshqa fanlardan videodarslar tayyorladi.

6-11-sinf o'quvchilari uchun darsdan tashqari mashg'ulot sifatida 18 soatlik videodars hamkorlikda tayyorlandi. Barcha darslar ingliz tilida tasvirga olindi.

Anmari Anderson 6-8-sinflar uchun informatika, Simjii Anvar - 6-sinflar uchun biologiya, Dass Oskar - 9-11-sinflar uchun algebra va geometriya bo'yicha videodarslar tayyorladi. Mahalliy ingliz tilida so'zlashuvchi en Beyli IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

CHet ellik o'qituvchilar ishtirokidagi videodarslar 2020 yil 17 maydan boshlab, yakshanba kunlari Online-Maktab telekanallarida efirga uzatiladi.

- Amaliyot shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar mul`tfil`m va televizion ko'rsatuvlar yordamida chet tilini tezroq o'rganadi. Ingliz tili xalqaro tillardan biri ekanligini inobatga olib, videodarslarni ingliz tilida namoyish etishni rejalashtiryapmiz. CHet ellik o'qituvchilar ishtirokidagi videodarslar bu yo'nalishdagi dastlabki qadamlardan biri bo'ladi, - deydi xalq ta'limi vaziri SHerzod SHermatov.