Xorijliklardan milliy liboslarimiz bilan ajralib turamiz - Olima

    Fikr 4 Aprel 2024 137

    Xabaringiz bor, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi,  Kinemotografiya agentligi hamda "Ma'rifat targ‘ibotchilari" jamiyati hamkorligida "Bir bo‘lsak - yagona yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Kinokarvon"   Sirdaryoda bo‘lib turibdi. 

    Karvonning ikkinchi kunida mehmonlar Oqoltin tumani fuqarolari bilan uchrashdilar. Tadbirda 300 nafardan ortiq yosh-u qari ishtirok etdi. Unda "Ma'rifat targ‘ibotchilari" jamiyati a'zosi Ra'no O‘rozova milliy qadriyatlar haqida so‘z yuritdi.

    "Tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan bir qatorda uyda o‘tirib farzandlariga qadriyatlarni yetkazib beruvchi hamda o‘z maslahatlarini ayamaydigan ayollar ham aslida davlatimiz siyosatini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Axir qadriyatlarni avlodlarga yetkazib berish ham katta mas'uliyatdir.

    Aslida kabi ayollar shedevr - xazinadir. Ular milliylikni yoshlarga yetkazib berish jarayonida halqa bo‘ladi.

    Deylik Navro‘z kabi milliy bayramlarda yig‘ilganimizda o‘zligimizni namoyish qiyish uchun atlas va adraslar kiyamiz. Chet elga safarga chiqsak ham aynan milliy libos va aksesuarlarimiz bilan barchadan ajralib turamiz. Xorijdan kelgan mehmonlar ham asosiy diqqatini aynan shularga qaratishi bekorga emas", deydi jamiyat a'zosi.