Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 1 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. Tumanda yashovchi shaxs «Umra» ziyoratiga yuborish vakolatiga ega bo‘lmagan holda ikki nafar fuqaroni Saudiy Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga ulardan 2 200 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.